Daftarni yoping.Hisobni Acra yuritadi.

Har bir sotuv, qoldiq, qarz va kassadagi pul o‘zi yoziladi — kompyuterda ham, telefonda ham.

Demo bepul. Dasturni sozlab beramiz, Excel’dagi ma’lumotlaringizni o‘zimiz ko‘chiramiz.

Telefonda, kompyuterda yoki brauzerda — hammasi bitta hisobda.

Qaysi savdo uchun

Do‘kon, ulgurji savdo yoki ishlab chiqarish — tovar va pul bor joyda Acra ishlaydi.

  • Oziq-ovqat
  • Avtoehtiyot qismlari
  • Qurilish materiallari
  • Kiyim-kechak
  • Poyabzal
  • Elektronika
  • Mobil telefonlar
  • Maishiy kimyo
  • Kosmetika
  • Dorixona
  • Mebel
  • Kantselyariya
  • Umumiy ovqatlanish
  • Qishloq xo‘jaligi

Butun savdo bitta dasturda

Har bir bo‘limning o‘z rangi bor — dasturning menyusida ham xuddi shunday.

Tez sotuv, to‘g‘ri chek

  • Shtrix-kodni o‘qiting — tovar chekka o‘zi tushadi.
  • Naqd, karta yoki o‘tkazma. Qolganini bitta tugma bilan qarzga yozasiz.
  • Chekni 80 mm printerda yoki A4 qog‘ozda chiqarasiz, mijozga Telegram’da yuborasiz.

Nima qolganini doim bilasiz

  • Har bir ombordagi qoldiq kirim va sotuvdan o‘zi hisoblanadi.
  • Tovar kam qolsa yoki yaroqlilik muddati yaqinlashsa, ogohlantiradi.
  • Inventarizatsiya, omborlar orasida ko‘chirish va shtrix-kod etiketkalari.

Har bir qarz ko‘z oldingizda

  • Har bir mijozning qarzi so‘m va dollarda alohida yuritiladi.
  • Bo‘lib to‘lash jadvali va muddati o‘tgan qarzlar ro‘yxati.
  • Akt sverka bir bosishda tayyor. Eslatma SMS yoki Telegram’da boradi.

Har bir kassadagi pul aniq

  • Bir nechta kassa, har birida so‘m va dollar qoldig‘i alohida.
  • Kirim, chiqim, xarajat turlari va valyuta ayirboshlash.
  • Kassadan kassaga o‘tkazmalar — hammasi tarixda saqlanadi.

Foyda taxminan emas, aniq

  • Har bir sotuvning tannarxi va foydasi alohida hisoblanadi.
  • Sotuv, foyda, qoldiq, qarz va pul oqimi bo‘yicha 40 ga yaqin hisobot.
  • Istalgan hisobotni Excel’ga yuklab olasiz.

Telefonning o‘zi kassa

Sotuvchiga kompyuter shart emas — Acra ilovasi telefonni kassaga aylantiradi.

  • Kamera shtrix-kodni o‘qiydi.
  • Chek Bluetooth printerdan chiqadi.
  • Kassa ochiladi va yopiladi, ichidagi pul sanaladi.
  • Begona ochmasligi uchun PIN-kod bilan qulflanadi.

Internet bo‘lmasa ham sotadi — internet kelganda sotuvlarni o‘zi yuboradi.

Mijozlar va xodimlar Telegram’da xabardor

  • Mijozlar uchun bot

    Har bir xariddan keyin chek mijozga Telegram orqali keladi, qarz muddati kelsa — eslatma ham.

  • Siz va xodimlar uchun bot

    Qaysi tovar tugayapti, kimning qarz muddati keldi, qanday to‘lov tushdi — darhol xabar keladi.

  • SMS eslatmalar

    Qarzdorlarga va bo‘lib to‘lovchilarga eslatma SMS’da ham boradi.

Qanday boshlaymiz

  1. Bog‘laning

    Telegram’da yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling.

  2. Demoni ko‘ring

    Dasturni sizning savdoingiz misolida ko‘rsatamiz.

  3. Ma’lumotlarni ko‘chiramiz

    Tovar, mijoz va qarzlarni Excel’dan o‘zimiz ko‘chiramiz.

  4. Ishni boshlang

    Xodimlaringizni o‘rgatamiz va savdo Acra’da boshlanadi.

Narxni o‘zingiz hisoblang

Oyiga 149 000 so‘m: 1 do‘kon va 1 xodim, hamma bo‘limlar bilan. Har qo‘shimcha do‘kon 69 000 so‘m. Har qo‘shimcha xodim 69 000 so‘m.

  • Omborlar cheksiz va bepul
  • Boshqa tizimdan ko‘chirish bepul
  • 14 kun bepul sinab ko‘ring

Narxlar so‘mda, QQS hisobga olinmagan.

Narx cheki1 do‘kon · 1 xodim
  • Baza: 1 do‘kon, 1 xodim149 0001 × 149 000
  • Omborlarcheksiz
Jami, oyiga149 000 so‘m

Yiliga to‘lasangiz1 490 000 so‘m

Telegram’da yozish

Ilovani yuklab oling

Telefonda, kompyuterda yoki brauzerda — hammasi bitta hisobda.

Ko‘p beriladigan savollar

Narxi qancha?

Oyiga 149 000 so‘m: 1 do‘kon va 1 xodim, hamma bo‘limlar bilan. Har qo‘shimcha do‘kon 69 000 so‘m, har qo‘shimcha xodim 69 000 so‘m. Omborlar bepul. Yiliga to‘lasangiz, 12 oy 10 oy narxida. Demo bepul.

Internet bo‘lmasa ishlaydimi?

Telefondagi kassa — ha: internet bo‘lmasa ham sotaveradi, internet kelganda sotuvlarni o‘zi yuboradi. Kompyuterga o‘rnatilgan Acra dasturidagi kassa ham shunday. Brauzerda ishlash uchun internet kerak.

Fiskal chek chiqaradimi?

Hozircha yo‘q. Oddiy chek va nakladnoyni printerda chiqarasiz.

Excel’dagi ma’lumotlarim nima bo‘ladi?

Tovarlar, mijozlar, narxlar va qoldiqlarni Excel’dan ko‘chiramiz. Yuklashdan oldin dastur nima kirishini ko‘rsatadi.

Bir nechta do‘kon yoki ombor bo‘lsa-chi?

Bo‘ladi. Har bir ombor va kassaning qoldig‘i alohida ko‘rinadi, tovarlar ro‘yxati esa bitta.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Asosiy server O‘zbekistonda, zaxira nusxa har daqiqada olinadi va shifrlanadi. Har bir xodim faqat o‘ziga ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O‘zbek (lotin va kirill) va rus tilida. Har bir xodim o‘z tilini tanlaydi.

Savdoingizni Acra’da ko‘ring

Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — demoni sizning tovarlaringiz misolida ko‘rsatamiz.